16-45 yoshli ayol-qizlar uchun “UzWomen Empowerment Academy” dan kasbiy rivojlanish kurslari uchun grant

16-45 yoshli ayol-qizlar uchun “UzWomen Empowerment Academy” dan kasbiy rivojlanish kurslari uchun grant

  • 13/12/2022 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20/12/2022 22:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan 45 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

“UzWomen Empowerment Academy” tomonidan tashkil qilingan “itʼs4uzWomen” nomli kasbiy rivojlanish kurslari Oʻzbekiston ayol-qizlariga kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishlarida koʻmaklashish, ularga sohada oʻz salohiyatini kuchaytirish uchun zarur bilim va koʻnikmalarni taqdim etish hamda kasb tanlashlarida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini yaratadi.

Dastur quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Tayyorgarlik;
  • Trening salohiyatini oshirish;
  • Konseptual asoslarni ishlab chiqish;
  • Dasturiy natijalarni yoyish va barqarorligini taʼminlash;
  • Sifat nazoratini tekshirib borish.

Darslar koʻp yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar tomonidan 4 oy muddatda onlayn berib boriladi.

Dastur doirasidagi kurslar roʻyxati:

  • Muhandislik/Mashinasozlik yoʻnalishida: AutoCAD; NX (CAD/CAM/CAE); Corel Draw; Lumion 3D;
  • Dasturlash boʻyicha: Frontend; Maʼlumot tuzilmalari va algoritmlar;
  • Grafik dizayn: Foto/Video tahrirlash;
  • 3D modellash boʻyicha: 2D/3D animatsiya; 3D MAX;
  • Microsoft Office (MS Word, MS Excel, MS PowerPoint, MS Access dasturlari);
  • TelegramBot yaratish;
  • SMM va Marketing.

Darslar telegram tarmogʻidagi yopiq guruhlarda olib boriladi va qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan istalgan vaqtda mentorlar bilan fikr almashishlari mumkin.

Darslar dushanbadan jumagacha olib boriladi. Dasturdagi har bir modul oxirida test topshiriqlari beriladi va u topshiriqdan oʻtgan nomzodlargina oʻqishlarini davom ettira olishlari mumkin.

Kurs oxirida imtihon soʻrovnomasi yuboriladi va 55% dan yuqor natija koʻrsatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Maqbullik shartlari

  • Yangi daromadli va talabgor sohani oʻrganmoqchi boʻlgan 16 yoshdan 45 yoshgacha ayol-qizlari dasturda ishtirok etishlari mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dasturga qabul qilingan nomzodlarga oʻqish pullarining 70%i toʻlab beriladi;
  • Ishtirokchilar kasbiy rivojlanish doirasida oʻz yoʻnalishlarini topish, malaka diplomlarisiz kasb tanlash va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega boʻlishadi;
  • Kurslarni tamomlab $200dan $3800gacha daromad olishlari mumkin;
  • Darslarga istalgan viloyat yoki shahardan turib, qulay vaqtda qatnasha olishadi;
  • Kursni muvaffaqiyatli tugatganidan soʻng sertifikat beriladi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali ariza namunasini toʻldirish lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:

  • Telegram
  • uzwomenempowermentacademy@gmail.com ;
  • Telefon: +998949513237 orqali xabar yuborish mumkin.
Oʻzbekiston
16-45 yoshli ayol-qizlar uchun “UzWomen Empowerment Academy” dan kasbiy rivojlanish kurslari uchun grant

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar