Tavsif
Center for Diplomatic Advancement (Diplomatik Taraqqiyot Markazi) tomonidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan forum — World Youth Forum 2024 taqdim etiladi. Dastur 2024-yil 20-dekabrdan 23-dekabrgacha Portugaliyada joylashgan, oʻzining boy tarixi va jonli madaniyati bilan tanilgan Portu shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur ingliz tilida olib boriladi.
Forum quyidagicha moliyalashtiriladi:
- Toʻliq moliyalashtiriladi, qisman moliyalashtiriladi yoki forumda bepul qatnashish uchun ruxsat beriladi:
- Toʻliq moliyalashtirish (50 nafar);
- Qisman moliyalashtirish (100 nafar);
- Forumga kirish (100 nafar).
- Oʻz-oʻzini moliyalashtirish;
- Forumga taklifnoma.
Ushbu nufuzli tadbir dolzarb global muammolar boʻyicha chuqur munozaralarni rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Tadbirda ishtirokchilar xalqaro diplomatiya, nizolarni hal etish, iqtisodiy rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chuqur tushunchaga ega boʻladilar.
Maʼlumot uchun: Butunjahon Yoshlar Forumi (World Youth Forum) dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar, tibbiyot mutaxassislari, huquqshunoslar, yosh liderlar va faollar guruhini birlashtirish uchun moʻljallangan yetakchi xalqaro platforma hisoblanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.