Tavsif
Barcha talabalar, mutaxassislar, texnologiyaga qiziquvchilar uchun Yangi Zelandiyada xarajatlari toʻliq va qisman moliyalashtiriladigan sammit — Global Business Symposium taqdim etiladi.
Dastur uchun jami 150 ta oʻrin ajratilgan:
- Toʻliq moliyalashtirish turi uchun 20 ta;
- Qisman moliyalashtirish turi uchun 55 ta;
- Ijtimoiy media kampaniyalaridan boʻlgan vakillar uchun 5 ta;
- Oʻz-oʻzini moliyalashtirish turi uchun 70 ta.
Nomzodlarni bunday toifalarga joylashtirish Global Biznes Simpoziumining tanlov qoʻmitasining ixtiyoriga koʻra hamda ishtirokchilarning arizasi, ijtimoiy sohadagi tajribasi va yetakchilik salohiyatiga asoslanadi. Yangi Zelandiya 2026 Yoshlar yetakchiligi sammitining bu yilgi mavzusi “Texnikaga asoslangan dunyoda maqsadli yetakchilik”.
Dasturdan asosiy maqsad yosh tadbirkorlar uchun xalqaro toifadagi biznes mutaxassislaridan bilim oʻrganish, global tarmoqqa kirish, yetakchilik va biznes boshqaruvi boʻyicha kerakli tushunchaga ega boʻlish hamda turli muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun platforma yaratishdan iborat.
Sammit 2026-yil 19-apreldan 23-aprelgacha Yangi Zelandiyada oʻtkaziladi.
Dastur uchun ariza topshirishning oxirgi muddati: 5-fevral, 2026
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.