Tavsif
Udacity - bu bepul va pullik kurslarni taklif qiluvchi 2011-yilda tashkil qilingan onlayn o‘quv platformasi. U Amazon Web Service bilan hamkorlikda Sun’iy Intellekt hamda Machine Learning kurslari bo‘yicha bo‘yicha 2025-yil uchun 2500 ta to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturini e’lon qildi.
Barcha ishtirokchilar AWS DeepRacer Student yordamida 20 soatlik bepul o‘quv modullari va ML asoslari bo‘yicha bepul o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, Udacity va Amazon maslahatchilarining hamkorligi bilan virtual muhit orqali dasturning asosiy ko‘nikmalarni o‘rganishadi. Dastlabki kursdan muvaffaqiyatli o‘tgan 500 ta talabaga Sun’iy intellekt va Machine learning bo‘yicha 4 oy o‘qish uchun Nanodegree granti beriladi.
Dastur tili: Ingliz tili.
O‘tkazilish joyi: Masofaviy.