18 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2025 tanlovi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 May, 2025 · Muddat tugagan

18 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2025 tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Buyuk Britaniyadagi The Real World Conservation Trust xayriya tashkiloti 18 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2025 tanlovini taqdim qiladi. Tanlovda qatnashish orqali ishtirokchilar yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan yovvoyi tabiat oldida turgan tahdidlar haqida xabardorlikni oshirishga oʻz hissasini qoʻshishlari mumkin. 

Musobaqa 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 2025-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-maygacha onlayn ariza topshiriladi. Ariza topshirishdan oldin ijodiy ish talablarga javob berishiga ishonch hosil qilish lozim.

2-bosqich: Saralanganlar roʻyxati eʼlon qilinadi. Saralashdan oʻtgan nomzodlarga ijodiy ishlarini Buyuk Britaniyaning Norfolk shahrida joylashgan Explorer HQʼga joʻnatishlari taklif qilinadi. Tanlov jarayoni dastlabki taqdim etilgan ariza shakli va ijodiy ish yordamida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Saralanganlar roʻyxati 2025-yil 12-iyun kuni eʼlon qilinadi.

3-bosqich: Yakuniy natijalar eʼlon qilinadi. Hakamlar tomonidan barcha saralashdan oʻtgan ijodiy ishlar qayta koʻrib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qiladi. Gʻolib deb topilgan koʻrgazma toʻplami va yuqori baholangan toʻplam 4-sentyabr kuni rasmiy veb-saytda eʼlon qilinadi.

Gʻoliblarni saralash jarayonida soha boʻyicha mutaxassislardan Gari Xodjes va Sofi Grin ishtirok etadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dunyoning istalgan mamlakatidan 18 yoshgacha boʻlgan barcha yosh rassomlar qatnashishi mumkin;
  • Uchta yosh toifasi mavjud: 11 yoshgacha, 12-16 yosh va 17-18 yosh;
  • Ingliz tilini bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Ikkinchi bosqichga oʻtgan yosh rassomlardan ijodiy ishlarining asl nusxasini pochta orqali yuborishlari soʻraladi (pochta xarajatlari qoplanmaydi);
  • Bir nomzod faqat bitta ijodiy ish bilan qatnasha oladi;
  • Ijodiy ish uchun tanlangan tur Qizil kitobga kiritilgan va quyidagicha roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim:
    • Vulnerable (VU);
    • Endangered (EN);
    • Critically Endangered (CR);
    • Extinct in the Wild (EW). 
  • Ijodiy ishlar qogʻoz yoki pergamentda boʻlishi kerak (ramkasiz holatda joʻnatiladi);
  • Ishning oʻlchamlariga qoʻyilgan talablar:
    • A4: minimal oʻlcham — 21 sm x 23 sm, maksimal oʻlcham — 29,7 sm x 31,7 sm;
    • A3: minimal oʻlcham — 29,7 sm x 31,7 sm, maksimal oʻlcham — 42 sm x 44 sm.

Eslatma: Topshirilgan ijodiy ishlarni qaytarib boʻlmaydi va har bir ish yuqorida keltirilgan oʻlchamlarda bo'lishi kerak! 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovda bepul ishtirok etish mumkin;
  • Har bir ishtirokchiga tanlovda ishtirok etganlik haqida maxsus sertifikat beriladi;
  • Qaysi bosqichgacha yetib borishidan qat'i nazar saralangan ishlar dastur koʻrgazmasida keng auditoriyaga namoyish etiladi;
  • Dastur g'oliblari loyiha yordamida ijodiy ishlarni tashkilotchilarning asosiy kolleksiyalari bilan bir qatorda onlayn auksionda sotish mumkin;
  • Barcha finalistlarning ishlari London va boshqa hududlarda keng namoyish etiladi;
  • 17-18 yosh kategoriyasidagi g'oliblar 2026-yilgi tajribali rassomlarning ishlari namoyishi “On the Brink 2026”da ishlarini chiqarish va rassom bilan 50/50 asosda ishini auksionda sotish imkonini qo'lga kiritadi. 

Topshirish jarayoni

  • Nomzodlar quyidagi toifalar boʻyicha onlayn ariza topshirishlari mumkin:
  • Ijodiy ishlar yuqori tiniqlikdagi JPEG formatda maksimum 5MB dan oshmagan fayl koʻrinishida yuklanishi kerak (PDF fayllarga ruxsat berilmaydi);
  • Har bir nomzod faqat bir marta ariza topshirishi mumkin;
  • Nomzod ijodiy ishni taqdim etish vaqtidagi yoshiga qarab yosh toifasini kiritishi kerak.

Eslatma: Ariza shaklini toʻldirguncha rassomning ism-familiyasi, yoshi va maktabi haqidagi maʼlumotlar toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya 18 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2025 tanlovi
30 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.