Tavsif
Dushanbe va Bishkekdagi OSCE Programme hamkorligida 2025-yilning 11-18-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan Central Asia & Türkiye Youth Talks dasturi eʼlon qilinadi.
Bu yoshlar oʻrtasidagi almashinuv hamda bilimlarni oshirishga moʻljallangan dastur boʻlib, unga bir qator Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan 30 nafar 18-25 yosh oraligʻidagi nomzodlar saralab olinadi. Dastur davomida hududiy hamda global ahamiyatga ega boʻlgan raqamlashtirish, ijtimoiy tadbirkorlik va gender rivojlanishi sohalari tahlil qilinadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi. ishtirokchilarning turar-joy, oziq-ovqat va yoʻl xarajatlari dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 6-iyulgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.