18-25 yosh oraligʻidagilar uchun Turkiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan Central Asian Youth Talks konferensiyasi
Turkiya Turkiya
17 Noy, 2023 · Muddat tugagan

18-25 yosh oraligʻidagilar uchun Turkiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan Central Asian Youth Talks konferensiyasi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Jahon banki va Dushanbedagi YXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) dasturi ofisi tomonidan 18-25 yosh oraligʻidagi jamiyatdagi faol yoshlar uchun Central Asia Youth Talks konferensiyasini taqdim etadi. Tadbir ingliz tilida olib boriladi va 2023-yil 18-22-dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkaziladi.

Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyoda mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan mavzularni, masalan, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, suv-energiya aloqasi, inson kapitali va kelajak ish oʻrinlarini yaratish, gender rivojlanish, shuningdek, yoshlar muloqotini kuchaytirish va mintaqaning kelajakdagi rivojlanishi uchun tarmoq platformalarini rivojlantirish kabi dolzarb muammolarni muhokama qilishadi.

Maʼlumot uchun: Central Asia Youth Talks – bu Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 25 nafar yoshlarni birlashtiradigan almashinuv va oʻrganish tadbiridir. Tadbir yosh faollar uchun oʻz fikr-mulohazalari, gʻoyalari va yutuqlari bilan oʻrtoqlashish, oʻz jamoalarida oʻzaro taʼlim va rivojlanishga koʻmaklashishlari uchun imkoniyat hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18-25 yoshgacha boʻlgan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz va/yoki rus tilini mukammal bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Nomzodlar quyidagi sohalarda tajribaga ega boʻlishi yoki ushbu sohalarga qiziqishi kerak:
    • Climate change (iqlim oʻzgarishi);
    • Jobs of the future (kelajakdagi ish oʻrinlari);
    • Gender development (gender rivojlanish).
  • Nomzodlar Markaziy Osiyoda yoshlarning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirishdan manfaatdor boʻlishi lozim;
  • Ishtirokchilar tadbirda toʻliq qatnashishi shart.

Eslatma: Viloyat markazlari va poytaxtdan tashqarida joylashgan kichik jamoalardan boʻlgan nomzodlar ariza topshirishi tavsiya etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
  • Xalqaro sayohat tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi (biroq oʻz mamlakatlaridagi shaharlarga borish va qaytish ishtirokchilarning zimmasida);
  • Turli yoshdagi jamiyatning faol yoshlari bilan fikr almashish va yangi bilimlar oʻrganish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Nomzodning fotosurati;
  • CV.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 17-noyabr, 2023-yil (18:00);
  • Tashkilotchilar faqat tanlovdan oʻtgan nomzodlar bilan 2023-yil 30-noyabrgacha bogʻlanishadi;
  • Tel: +992985170145;
  • Email: POID-Election@osce.org.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

Turkiya 18-25 yosh oraligʻidagilar uchun Turkiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan Central Asian Youth Talks konferensiyasi
17 Noy, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.