Tavsif
Yevropa Ittifoqi tomonidan “Yoshlar yelkani” yoshlar yetakchilari, NNT (nodavlat, notijorat) va yoshlar tashkilotlarining yosh xodimlari, oʻqituvchilar va fuqarolik jamiyatining boshqa vakillari uchun toʻliq moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston yoshlar yetakchilarining “Yoshlar yelkani” dasturi taqdim etiladi.
Dastur uch bosqichli ikki yillik taʼlim dasturi bоʼlib, yozgi oʻquv kursi, onlayn trening, murabbiylik, majburiy mustaqil trening va 2025-yil yozda Germaniyaga bоʼladigan taʼlim safarini оʼz ichiga оladi. Germaniya safariga 50 nafar ishtirokchi 5 nafar ekspert hamrohligida ketishlari rejalashtirilgan.
Ayniqsa, mazkur loyihada ayollarning ishtiroki mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Dastur dоirasida “Yoshlar yelkani” oʻquv kursi (ikkinchi tоʼрlam) tashkil etilib, 2024-yil 17-avgustdan 25-avgustgacha Toshkent shahri, Boʻstonliq tumani yozgi oromgohida bоʼlib оʼtadi.
Dasturning asosiy maqsadlari:
- Yoshlar yetakchilari, shuningdek, fuqarolik jamiyati tashkilotlari yosh xodimlarining, ayniqsa, xotin-qizlarning inson huquqlari, atrof-muhit va tanqidiy fikrlash borasidagi bilimlarini takomillashtirish boʻyicha vakolatlarini oshirish;
- Inson huquqlari, tanqidiy fikrlash va barqaror rivojlanish sohasidagi taʼlim amaliyoti asoslari va norasmiy taʼlim usullarini oʻrgatish;
- Oʻzbekistonning turli hududlarida fuqarolik jamiyati (yoshlar tashabbuslari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar) bilan hamkorlik qilishga tayyor boʻlgan malakali trenerlar hamjamiyatini yaratish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.