18-28 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xalqaro yozgi oromgoh — 2025 SDG Youth Summer Camp
Janubiy Koreya Janubiy Koreya
20 Iyn, 2025 · Muddat tugagan

18-28 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xalqaro yozgi oromgoh — 2025 SDG Youth Summer Camp

Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

The 2025 SDGs Youth Summer Camp Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish ofisi, Koreya Respublikasining atrof-muhit vazirligi hamda Koreya Atrof-muhit Korporatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan. Bu yilgi dastur Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030-yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish g‘oyalarining plastikka qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan. 

Dastur 2025-yil 19-avgustdan 21-avgustgacha Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tadi. Dasturda 1997 va 2007-yil oralig‘ida tug‘ilgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Yozgi maktabga jami 30 ta nomzod saralab olinadi.

 Dasturga ariza topshirish jarayoni O‘zbekiston vaqti bilan 2025-yil 4-iyun soat 05:dan 20-iyun soat 19:00 gacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha millat vakillari qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodlar 1997 va 2007-yil oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lishlari lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish zarur;
  • Saralab olingan nomzodlar dasturda to‘liq qatnashishlari shart;
  • Nomzodlarni saralashda geografik va gender balansni saqlagan holda ularning dasturda qatnashishdan maqsadi, qobiliyatlari va ingliz tilini bilish darajasiga ahamiyat qaratiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga ro‘yxatdan o‘tish bepul;
  • Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat taqdim etiladi;
  • Ishtirokchilarning turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.

Eslatma! Ishtirokchilar yo‘l hamda viza xarajatlarini o‘zlari qoplashlari kerak bo‘ladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish jarayoni O‘zbekiston vaqti bilan 2025-yil 4-iyun soat 05:00 dan 20-iyun soat 19:59 gacha davom etadi.

Dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali kirib ariza shaklini to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Saralab olingan nomzodlar bilan 27-iyungacha dastur ma’muriyati tomonidan bog‘laniladi. 

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida ushbu havola orqali Facebook ijtimoiy tarmog‘idan ma’lumotlarni batafsil ko‘rish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 28

  • Jins

    Erkak, Ayol

Koreya 18-28 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xalqaro yozgi oromgoh — 2025 SDG Youth Summer Camp
20 Iyn, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.