18-28 yosh oralig'idagilar uchun yetakchilik dasturi - Generation Connect Young Leadership Programme. Umumiy grant jamg'armasi — $10,000
Shveytsariya Shveytsariya
31 Mar, 2025 · Muddat tugagan

18-28 yosh oralig'idagilar uchun yetakchilik dasturi - Generation Connect Young Leadership Programme. Umumiy grant jamg'armasi — $10,000

Tadqiqot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Raqamli soha yetakchilari va changemakerlar uchun bir yillik Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP) dasturi taqdim etiladi. ITU Huawei bilan hamkorlikda har yili 30 nafar nomzodni qo'llab-quvvatlash uchun treninglar o'tkazadi va moliyaviy yordam beradi.

Dastur yoshlarni yanada kuchaytirish va ilhomlantirish, kuchli raqamli kelajakni yaratishga qaratilgan ijodiy, keng qamrovli, innovatsion va amalga oshirilishi mumkin bo'lgan, hamjamiyat tomonidan boshqariladigan loyihalarni yaratishga imkoniyat yaratish uchun tashkil qilinmoqda.

Dastur 2 bosqichdan iborat:

  1. Saralash. Ushbu bosqich ITU va Huawei xodimlari tomonidan o'tkaziladi. saralash natijalari esa 2025-yilning may oyi e'lon qilinadi.
  2. Yakuniy tanlov. GCYLP hakamlar hay'ati 30 nafar ishtirokchini tanlash uchun yakuniy tanlov yig'ilishini o'tkazadi. G'oliblar 2025-yil iyunigacha e'lon qilinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 18-28 yosh oralig'idagi yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin (2025-yil 31-mart holatiga ko'ra);
  • Ishtirokchi hozirda STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yoki unga bog'liq sohalar bo'yicha talaba yoki bitiruvchi bo'lishi kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi);
  • Raqamli soha bo'yicha loyihalarni boshqarishga va jamoalarga ta'sir o'tkazishga qiziqishi maqsadga muvofiq.

Eslatma: Taklif etilayotgan loyihalarni ITU 2023-2025 mintaqaviy tashabbuslaridan biriga bog'lash tavsiya etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 2025-yil iyul oyida Shveysariyaning Jeneva shahrida o'tkaziladigan global rivojlanish haftaligida ishtirok etish;
  • Raqamli rivojlanish loyihasini amalga oshirish uchun 10,000 AQSh dollarigacha grant beriladi:
    • Barcha tanlangan 30 nafar ishtirokchi o'zlari tanlagan raqamli rivojlanish loyihasini amalga oshirish uchun 5,000 AQSh dollari miqdoridagi dastlabki moliyaviy yordam oladi;
    • Yil oxirida jamiyatga eng katta ta'sir ko'rsatgan loyihalar ko'lamini kengaytirish uchun qo'shimcha 5,000 AQSh dollari miqdorida grant beriladi.
  • ITU va Huawei tomonidan virtual murabbiylik va yetakchilik treninglari o'tkaziladi;
  • Yangi raqamli rivojlanish g'oyalarini haqiqatga aylantirish yoki mavjud loyihalari ta'sirini kengaytirish uchun noyob imkoniyat.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Saralashgan o'tganlar elektron pochta orqali tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan, ID, o'qishini isbotlovchi hujjat, 2 ta tavsiyanoma va video taqdim etishlari so'raladi.

Eslatma: Ariza to'liq ingliz tilida to'ldirilishi shart.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 28

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya 18-28 yosh oralig'idagilar uchun yetakchilik dasturi - Generation Connect Young Leadership Programme. Umumiy grant jamg'armasi — $10,000
31 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.