Tavsif
2022-yil 8-11-sentyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Ismailli shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida “Birinchi Diaspora yoshlar forumi” tashkil etiladi.
Unda 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan faol va ingliz tilida mukammal gaplasha oladigan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Forumda Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Vengriya va Turkmaniston kabi mamlakatlar yoshlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.