Tavsif
Youth4Climate Solutions 2023 — bu tashabbuskor yoshlar va tashkilotlar tomonidan iqlim oʻzgarishining taʼsiriga oid yechimlar gʻoyasini taklif etishga chaqiruvchi xalqaro tanlov.
Tanlovning har bir gʻolibi $20 000gacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi va gʻoyasini amalga oshirishda mentorlik dasturi, treninglar va boshqa imkoniyatlarga ega boʻladi.
Tanlov uchun quyidagi sohalar boʻyicha innovatsion gʻoyalar qabul qilinadi:
- Shahar barqarorligi: Yoshlarni shaharlar va shahar aholi punktlarida iqlim oʻzgarishi taʼsiriga nisbatan shahar barqarorligini oshirish boʻyicha gʻoyalarni taqdim etishga chaqiradi.
- Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi: Oziq-ovqat tendensiyalarini ijobiy tomonga oʻzgartirib, ularni hayotiy loyihalar va biznes modellariga aylantirishga qaratilgan gʻoyalar qoʻllab-quvvatlanadi.
- Taʼlim: Kelajak avlodning iqlim oʻzgarishidan xabardorligini taʼminlash va iqlimga mos turmush tarzini qabul qilishni ragʻbatlantirish vositasi sifatida taʼlimga eʼtibor qaratuvchi gʻoyalar ragʻbatlantiriladi.
- Energiya: Energiyani tejash va talabga asoslangan samaradorlik xizmatlarini kengaytirish uchun yoshlar tomonidan boshqariladigan innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlov va saralash mezonlari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.