18-30 yosh oraligʻidagi ilmiy yoki texnologik loyihaga ega yoshlar uchun 5 kunlik yozgi oromgoh — R&D Camp 2025
O‘zbekiston O‘zbekiston
05 Avg, 2025 · Muddat tugagan

18-30 yosh oraligʻidagi ilmiy yoki texnologik loyihaga ega yoshlar uchun 5 kunlik yozgi oromgoh — R&D Camp 2025

Yozgi maktab Bepul ishtirok

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ilmiy yoki texnologik loyihaga ega 18-30 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun 5 kunlik yozgi oromgoh — R&D Camp taqdim etiladi.

Dasturdan asosiy maqsad ilmiy va texnologik startaplarni yaratishda ishtirokchilarni qoʻllab quvvatlash hamda ular uchun kerakli bilim olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Oromgoh 2025-yilning 12–16 avgust kunlari Toshkent viloyatida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 18-30 yoshdagi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va yosh olimlar qatnashishi mumkin;
  • Nomzod Biotech, Pharma, AgriTech, FoodTech, AI, Machine Learning, MedTech, CleanTech, Space Tech yoʻnalishlarida ilmiy startaplar ustida ishlamoqchi boʻlishi kerak;
  • Yakka tartibda yoki 2-3 kishidan iborat jamoa koʻrinishida qatnashish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Ilm-fan va texnologiyalar kesishmasida chuqur bilimlar beriladi;
  • Startap MVP yaratish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
  • Investorlarni jalb qilish, tajribali mentorlar bilan bilim almashish va grant yutish imkoniyati mavjud.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar so'raladi:

  • Shaxsiy va jamoa a'zolari haqida ma'lumotlar;
  • Barcha qatnashchilarning aloqa ma'lumotlari, ta'lim darajasi, o'quv yurti, kasbiy va ilmiy yo'nalishi;
  • Taklif etilayotgan g'oya haqida ma'lumotlar;
  • 45 soniyali video pitching havolasi (Google Drive / YouTube / boshqa platformaga yuklab, havolasini joylashtiriladi);
  • Motivatsion xat.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 5-avgust, 2025-yil;
  • Saralash bosqichidan oʻtganlar bilan aloqaga chiqiladi.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumotlar olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 18-30 yosh oraligʻidagi ilmiy yoki texnologik loyihaga ega yoshlar uchun 5 kunlik yozgi oromgoh — R&D Camp 2025
05 Avg, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.