18-30 yosh oraligʻidagi qizlar uchun xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik yozgi oromgoh — AI Girls Bootcamp
O‘zbekiston O‘zbekiston
22 Apr, 2025 · Muddat tugagan

18-30 yosh oraligʻidagi qizlar uchun xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik yozgi oromgoh — AI Girls Bootcamp

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

IT, marketing va dizayn yoʻnalishlarida rivojlanishni istagan qizlar uchun 5 kunlik yozgi oromgoh — AI Girls Bootcamp taqdim etiladi. Dastur maqsadi texnologiyaga qadam qoʻyishga tayyor kuchli qizlar jamoasini yaratishdir.

Yozgi oromgoh 3 ta yoʻnalishda olib boriladi:

  1. Marketing — SMM, targeting va kontent yaratish asoslari;
  2. Kreativ gʻoya — storytelling, video va vizual yaratish, kreativ fikrlash;
  3. Dasturlash — HTML/CSS, Python, JavaScript, mobil ilovalar.

Dastur 28-aprel – 3-may kunlari Boʻstonliq tumani “Yoshlar Oromgohi”da — tabiat quchogʻida, toza havoda, ilhomga toʻla muhitda boʻlib oʻtadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18-30 yosh oraligʻidagi qizlar qatnashishi mumkin;
  • Shaxsiy noutbuk olib kelish talab qilinadi;
  • Tanlangan yoʻnalish boʻyicha boshlangʻich tushunchaga ega boʻlish lozim (dasturlash, marketing va kreativ gʻoyalar).

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Barcha xarajatlar qoplanadi: yoʻlkira (Toshkent ichida), yotoq, ovqatlanish.
  • Sertifikat va amaliyot haqida rasmiy hujjat beriladi;
  • Eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi;
  • Portfolio uchun real loyiha ustida ishlash imkoniyati;
  • Mentorlar bilan jonli suhbatlar va master-klasslar oʻtkaziladi;
  • Psixolog, motivator va nutq ustalari bilan sessiyalar tashkil qilinadi;
  • AI Hackathon da qatnashib eng yaxshi jamoa boʻlish imkoniyati.

Muhim: Viloyatliklar faqat Toshkentgacha boʻlgan yoʻl xarajatini oʻzlari qoplaydi. Qatnashchilar Toshkent shahridan oromgohgacha olib borilib, Bootcampdan soʻng Toshkentga yana olib kelinadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Tanlangan yoʻnalish;
  • CV (maksimal 1 MB);
  • Loyihasi bor yoki yoʻqligi;
  • Loyiha haqida maʼlumotlar;
  • Qatnashishdan motivatsiyasini tekshiruvchi savollar.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 23-aprel, 2025-yil.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston 18-30 yosh oraligʻidagi qizlar uchun xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik yozgi oromgoh — AI Girls Bootcamp
22 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.