Tavsif
Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan xalqaro savdoga qiziqqanlar uchun bir yillik Young Trade Leaders Programme dasturi taqdim etiladi. Tanlangan yetakchilar 2026-yil sentyabr oyida oʻtkaziladigan JST jamoat forumida ishtirok etish uchun Jenevaga borish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dasturdan asosiy maqsad yoshlar oʻrtasida JST faoliyati va xalqaro savdoni yaxshiroq tushunishga hamda butun dunyo boʻylab Yosh savdo yetakchilari tarmogʻini yaratishga qaratilgan. Nomzodlar savdoning odamlar va sayyoramiz uchun qanday foyda keltirishini aniq tushunadigan yetakchi yoshlar boʻlishi rejalashtirilgan. Ularning dasturga savdo va JSTning oʻrni haqida yangi istiqbol va gʻoyalarni olib kelishi, shuningdek, tashkilot faoliyati bilan tanishish hamda uning missiyasini ilgari surishga yordam berishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun: Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) davlatlar oʻrtasidagi savdo qoidalari bilan shugʻullanadigan yagona global miqyosdagi xalqaro tashkilotdir. Unda jahon savdo davlatlari tomonidan muzokaralar olib boriladi va kelishuvlar imzolanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi savdoning iloji boricha silliq, kutilgan va erkin oʻtishini taʼminlashdan iborat.
Dasturga qabul jarayoni 2026-yil 1-maygacha davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.