18–30 yosh oraligʻidagilar uchun IT kasbini egallash va xalqaro darajaga chiqish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Mar, 2026 · Muddat tugagan

18–30 yosh oraligʻidagilar uchun IT kasbini egallash va xalqaro darajaga chiqish imkoniyati

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

IT Park tomonidan xalqaro sertifikatlash imkoniyatini beruvchi oflayn taʼlim dasturi taqdim etiladi. Dastur American International University-Bangladesh xalqaro standartlari asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va World Bank koʻmagida amalga oshiriladi.

Taʼlim dasturi quyidagi koʻrinishda ishga tushirildi:

  • Samarqand — Cloud Engineering;
  • Namangan — 2D / 3D-modellashtirish;
  • Toshkent — AI / ML;
  • Fargʻona — Game Development.

Taʼlim ingliz tilida olib boriladi va 2026-yil aprel oyidan dekabr oyigacha ikki bosqichda tashkil etiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 18–30 yosh oraligʻidagi IT kasbini egallashni istaganlar qatnashishi mumkin;
  • Ayol-qizlar ishtiroki koʻproq ragʻbatlantiriladi (ajratilgan oʻrinlarning 50 foizi);
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Tanlangan yoʻnalish boʻyicha boshlangʻich bilim va tajribaga ega boʻlish afzal koʻriladi;
  • Dasturda toʻliq qatnashish shart.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Eng yaxshi bitiruvchilarga IT/ITES kompaniyalarida ishga joylashishda koʻmak beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Ingliz tilini bilish darajasi;
  • Amaldagi ishga oid maʼlumotlar;
  • Tanlangan yoʻnalish boʻyicha maʼlumotlar;
  • Nomzodning tajribasi va loyihalari haqida;
  • Motivatsion xat.

Eslatma: Hujjat topshirish yakunida texnik test va suhbatdan oʻtishga rozilik beriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-mart 2026-yil;
  • Taʼlim oluvchilar soni cheklangan va ishtirokchilar saralash asosida tanlab olinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 18–30 yosh oraligʻidagilar uchun IT kasbini egallash va xalqaro darajaga chiqish imkoniyati
30 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.