Tavsif
Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi, Yevropa Tinchlik va taraqqiyot instituti (OSCE), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Kelajak yoshlari: Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi” mavzusida yoshlar uchun konferensiya tashkil etilmoqda.
Ushbu konferensiya 4 kun davomida 2022-yil 24-27-oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida ingliz va rus tillarida boʻlib oʻtadi.
Dasturning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi, jumladan, uning xavfsizlikka taʼsirini muhokama qilish, muammolarni hal etishda yoshlarning ishtiroki, ilgʻor tajribalarni oʻzaro oʻrtoqlashish hamda yoshlar oʻrtasida hamkorlik (networking) aloqalarini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Konferensiyada faol yoshlar, yosh mutaxassislar bilan birga xalqaro ekspertlar va tegishli soha vakillari ishtirok etadi.