Tavsif
BRIKS va ShHT ga aʼzo mamlakatlardan boʻlgan yetakchi yoshlar uchun xalqaro tanlov — BRICS and SCO Young Leaders Award taqdim etiladi.
Dastur BRIKS va ShHT mamlakatlaridan kelgan yosh yetakchilarining yutuqlarini eʼtirof etishga qaratilgan xalqaro tanlov boʻlib undan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarni aniqlash, BRIKS va ShHT mamlakatlari yosh yetakchilarining ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish, yoshlarni hamkorlikka jalb etish va ularga BRIKS va ShHT mamlakatlarida oʻzini namoyon qilish imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat.
Ishtirokchilar 5 ta nominatsiya boʻyicha qatnashishi mumkin:
- Yilning yosh media influyenseri;
- Yilning yosh ijtimoiy tadbirkori;
- Yilning yosh tadqiqotchisi;
- Xalq diplomatiyasi bilan bogʻliq loyiha;
- Yilning ekologik tashabbusi.
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi 2024-yil dekabr oyida Tataristoning Qozon shahrida oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.