18-35 yosh oraligʻidagilar  uchun Moskvada barcha xarajatlari qoplanadigan forum
Rossiya Rossiya
22 Sen, 2023 · Muddat tugagan

18-35 yosh oraligʻidagilar uchun Moskvada barcha xarajatlari qoplanadigan forum

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

MDHga aʼzo davlatlarning Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha II Xalqaro yoshlar forumi (II Международный молодёжный форум государств – участников СНГ по Целям устойчивого развития) MDHga aʼzo davlatlarning 2021-2030 yillarga moʻljallangan xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan Harakatlar dasturining bir qismidir.

Ushbu forum 2023-yil 9-oktabrdan 12-oktabrgacha (kelish kuni – 8-oktabr, joʻnash kuni – 13-oktabr) Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) boʻlib oʻtadi. 

Forum quyidagi 4 shaklda oʻtkaziladi:

  • Деловой блок — davlat hokimiyati organlari vakillari, barqaror rivojlanish sohasidagi ekspertlar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirokidagi muhokamalarni oʻz ichiga oladi;
  • Oбразовательный блок — professional rivojlanishga oid maʼruzalar, treninglar, mahorat darslaridan iborat;
  • Проектная лаборатория — 4-son, 10-son, 12-son, 13-son, 15-son, 17-sonli Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan guruhlarda ishlash va qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi;
  • Культурный блок — ekskursiya va animatsiya dasturini, ijodiy mahorat darslarini oʻz ichiga oladi.

Dasturda 18-35 yosh oraligʻidagi MDH davlatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Dastur tili rus tili hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 18-35 yoshdagilar qatnashishi mumkin;
  • MDH davlatlaridan birining fuqarosi boʻlish kerak (Oʻzbekiston fuqarolari qatnasha oladi);
  • Rus tilini bilish kerak;
  • Muayyan tashkilotdagi yoshlar elchisi / yoshlar jamoat tashkiloti vakili / norasmiy yoshlar uyushmasi vakili / talabalar tashkiloti vakili / barqaror rivojlanish sohasidagi yosh mutaxassis / davlat organi vakili boʻlish kerak;
  • MDHda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlish kerak;
  • Dasturdan keyin ham boshqa forum ishtirokchilari bilan hamkorlikda tadbirlar va loyihalarni tashkil etish uchun motivatsiya va qobiliyatga ega boʻlishi lozim;
  • Forum dasturi doirasida rejalashtirilgan barcha tadbirlarda ishtirok etishga tayyor boʻlish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda qatnashish bepul;
  • Turarjoy, ovqatlanish, Moskva shahrigacha borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza shaklini toʻldirish kerak.

Eslatma: ariza shaklini rus tilida toʻldirish kerak. 

Qo'shimcha ma'lumot

Barcha ishtirokchilar toʻldirilgan ariza shakli, tajribasi, dasturda qatnashish uchun motivatsiyasini hisobga olgan holda tanlanadi. 

Saralashdan oʻtganlar 2023-yil 26-sentyabrdan kechiktirmay qoʻshimcha maʼlumot va tayyorgarlik koʻrsatmalari haqida xabardor qilinadi. 

Forum va ariza berish tartibi bilan bogʻliq savollar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya 18-35 yosh oraligʻidagilar uchun Moskvada barcha xarajatlari qoplanadigan forum
22 Sen, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.