Tavsif
Global Youth Biodiversity Network (GYBN), Yaponiya ekologiya vazirligi, Yokohama shahri, bioxilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya kotibiyati va Yaponiya bioxilma-xillik jamgʻarmasi hamkorlikda International Youth Conference on Biodiversity 2024 xalqaro konferensiyasini eʼlon qiladi. Konferensiyani tashkil qilishdan maqsad bioxilma-xillikni mahalliy va xalqaro miqyosda rivojlantirish va bu borada yoshlarning oʻrnini yanada oshirish hisoblanadi.
Dastur 2024-yil 25-31-avgust kunlari Yaponiyaning Yokohama shahrida boʻlib oʻtib, unda 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etadi. Konferensiyada 18-35 yosh oraligʻidagi, Yokohama shahri fuqarosi boʻlmagan, shuningdek, bioxilma-xillik muammolarini hal qilish va ularga yechim topish borasida kuchli fikrlar va gʻoyalarga ega boʻlgan yosh nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning yoʻl, turar-joy, oziq-ovqat va shu kabi xarajatlari dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 30-martga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.