Tavsif
GIST Biznes Inkubatsiya dasturi AQSh Davlat departamenti tashabbusi bilan yaratilgan boʻlib, dasturning maqsadi dunyodagi eng yaxshi ilm-fan va texnologiya innovatorlari bilan Amerika bizneslari oʻrtasida hamkorlikni oshirishdir. Amerikadagi maxsus biznes inkubatorida (Biznes-inkubator — bu startap-kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga oʻz bizneslarini rivojlantirishga yordam beradigan tashkilot) yashash vaqtida tadbirkorlar mahalliy tadbirkorlik ekotizimlari bilan aloqa oʻrnatish, hamkorlar va investorlar uchun biznes aloqalarini oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Ushbu dastur AQSh bozori tajribasi va qimmatli biznes modeli boʻyicha treninglar, mentorlik kurslari olish orqali oʻz innovatsiyalarini keyingi bosqichga olib chiqmoqchi boʻlgan startaplar uchun moʻljallangan. Taʼsischisi 18-40 yoshda boʻlgan hozirda GIST faoliyat yuritayotgan davlatdagi barcha fan va texnologiya startaplari ariza topshirishlari mumkin.
Arizachilarning startaplari fan yoki texnologiya startaplari boʻlishi kerak. Nomzodlar fan yoki texnologiya startaplariga oid real mavjud bo'lgan startaр/biznesga asoslangan loyiha tayyorlashlari kerak.
Dastur gʻoliblarining safar xarajatlari, tibbiy sugʻurta, yashash va turarjoy bilan bogʻliq xarajatlari qoрlab beriladi. Amerikaga viza olishda amaliy yordam beriladi.
Dasturga ariza toрshirishning soʻnggi muddati — 28-fevral, 2024-yil.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.