Tavsif
AQShning HISA (Headway Institute of Strategic Alliance) instituti tomonidan 18-45 yosh oraligʻidagi barcha uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik forum — Future Diplomats Forum 2025 taqdim etiladi.
Dastur ishtirokchilarning moliyaviy ahvolidan qatʼiy nazar, iqtidorli ishtirokchilar ichidan 20 nafariga toʻliq moliyalashtirish, 100 nafariga qisman moliyalashtirish grantini taklif etadi.
Forum jahon yetakchilarining keyingi avlodini kuchaytirishga moʻljallangan boʻlib u quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan:
- Ishtirokchilarni xalqaro diplomatiya sohasida samarali yetakchi boʻlish uchun zarur boʻlgan vositalar, bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlash;
- Koʻp tomonlama muloqotni ragʻbatlantirish;
- Madaniyatlararo almashinuvni qoʻllab-quvvatlash;
- Advokatlik va siyosat bilan shugʻullanishni ragʻbatlantirish;
- Ishtirokchilarga oʻz mamlakatlarida va butun dunyoda inson huquqlari, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanish uchun himoya qilish imkoniyatini berish.
Dastur 2025-yilning 3-apreldan 6-aprelgacha AQShning Vashington shahrida boʻlib oʻtadi. Forum davomida mamlakatning diqqatga sazovor joylaridan AQSh Kongressi, Oliy sudi, Tahlil markazlari va boshqa muhim institutlarga tashrif uyushtiriladi va bu ishtirokchilarga Amerika demokratiyasi bilan yaqindan tanish malakasini egallashday noyob imkoniyatni taqdim etadi,
Forum davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- Global Governance and International Diplomacy;
- Peacebuilding and Conflict Resolution;
- Climate Diplomacy;
- Human Rights and Social Justice;
- Digital Diplomacy;
- Public Policy and Global Health.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.