Tavsif
Buyuk Britaniyaning Natural History muzeyi tomonidan fotografiyaga qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni moddiy tomondan ragʻbatlantirish maqsadida Wildlife Photographer of the Year fototanlovi taqdim etiladi.
Dastur xalqaro miqyosda tan olingan tanlov boʻlib, havaskorlardan tortib professionallargacha boʻlgan isteʼdodli fotosuratchilarning mehnatini eʼtirof etadi, taqdirlaydi va nishonlaydi.
Barcha toifalar gʻoliblari Wildlife Photographer of the Year bosh mukofoti uchun koʻrib chiqiladi. Shuningdek, hakamlar hayʼati barcha toifa gʻoliblari taqdim etgan tanlangan bitta suratni quyidagi bir nechta kategoriyalar boʻyicha koʻrib chiqishadi:
- Photojournalist Story Award;
- Rising Star Award (18 yoshdan 26 yoshgacha);
- Portfolio Award (27 yosh va undan yuqori).
Tanlovda yovvoyi tabiat manzaralari, jumladan, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi aks etgan suratlar bilan qatnashish mumkin. Gʻoliblar £10,000 gacha pul mukofoti va sertifikatlarga erishish bilan birga London shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.