UM’s Team: ijtimoiy va biznes loyihalar qilishni xohlovchilar uchun 2 oylik bepul rivojlanish dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
28 Sen, 2025 · Muddat tugagan

UM’s Team: ijtimoiy va biznes loyihalar qilishni xohlovchilar uchun 2 oylik bepul rivojlanish dasturi

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

 UMʼs team the 4rd Generation dasturi biznes va ijtimoiy loyihalar qilishni istaydiganlar uchun professional rivojlanish dasturi hisoblanadi. Loyiha uchun jami 50 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

UMʼs team bu ijtimoiy loyiha boʻlib 2 oy davomida ishtirokchilar jamoaga qoʻshilgan holda quyidagi nazariy va amaliy bilimlar oʻrganadi:

  • Loyiha yaratish: g‘oyadan taqdimotgacha;
  • Online loyiha menejmenti: vaqtingizni tejash sirlari;
  • Yetakchilar uchun muhim ko‘nikma: emotsiyalarni boshqarish;
  • Fikrlaringizni namoyish qilish: amaliyot va taqdimot;
  • Media savodxonlik va blogging: raqamli dunyoga sayohat;
  • Jamoa tuzish va boshqarish: kuchli natijalarga yetaklovchi yo‘l.

Qo‘shimcha bilimlar:

  • Loyihalar boshqaruviga oid muhim yo'nalishlar;
  • Xalqaro grantlar va ularga erishish usullari;
  • Public speaking san’atining sir-asrorlari;
  • Volontyorlik imkoniyatlari va amaliy ishtirok

2 oy davomida har bir 4 ta moduldagi maxsus vazifalar orqali ishtirokchilar oladigan 13 ta dars mustahkamlanadi. Loyihaning yakunida butun jamoa boʻlib, yakuniy vazifa va sayohat uyushtiriladi.

Loyiha offline tarzda Toshkent shahrida bo'ladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ijtimoiy va biznes loyihalar qilishga qiziqishi kerak;
  • Loyiha davomida yuzaga keladigan fors major holatlarda vaziyatga qarab moslashuvchan bo’lish va topshiriqni bajarish;
  • Jamoaviy loyihalarda ishlash qobiliyatiga ega boʻlish kerak;
  • Dastur doirasida oʻtkaziladigan darslarda toʻliq qatnashish shart. 2 marta sababsiz qatnashmagan uchinchi darsga kiritilmaydi;
  • Ishtirokchilarga va tashkilotchilarga doimiy yaxshi munosabatda bo’lish va ularga hurmat ko’rsatish kerak.

Eslatma: Ilgari ijtimoiy loyihalarda qatnashganlarga ustunlik beriladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda qatnashish mutlaqo bepul;
  • Loyiha davomida O'zbekistonning sirli va betakror manziliga jamoaviy sayohat uyushtiriladi, bunda jamoa bilan aloqalarni yanada mustahkamlash mumkin;
  • Jamoa bilan birga real loyihalar tashkil qilish, boshqarish, qatnashish va tajriba almashinish imkoniyati mavjud;
  • Loyihaning avvalgi mavsum ishtirokchilari bilan Grad&Wel eventi, bunda siz loyihaning avvalgi muvaffaqiyatli ishtirokchilari bilan networking va kontakt almashinishi imkoniyati beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • CV (10 MB dan oshmasligi kerak);
  • Nomzodning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari (mavjud boʻlsa);
  • Jamoaga qoʻshilishdan sabab;
  • Avvalgi loyihalarda qatnashgan tajribasi haqida maʼlumot.

Eslatma: Ro'yxatdan o'tish va sizning nomzodingizni ko'rib chiqish uchun 10,000 so'm to'lov mavjud, bu orqali siz loyihaning keyingi darajasiga olib chiqa olasiz

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 25-sentyabr, 2025-yil 23:59.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston UM’s Team: ijtimoiy va biznes loyihalar qilishni xohlovchilar uchun 2 oylik bepul rivojlanish dasturi
28 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.