Tavsif
IT sohasiga qiziqqan 18 yosh va undan yuqori barcha iqtidorli yoshlar uchun bepul School 21 dasturi taqdim etiladi. Asosiy taʼlimda loyihalarni masofadan turib topshirish va masofadan turib tekshirish mumkin. Biroq imtihonlarni topshirish uchun School 21 ga kelib, shaxsan ishtirok etish talab qilinadi. Oʻqish ishtirokchining sarflagan soati va erishgan darajasiga qarab 1.5 yildan 3 yilgacha davom etishi mumkin.
Dasturdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarga sifatli bilim olish uchun moliyaviy keng imkoniyat yaratish va Oʻzbekistonning texnologik rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan IT mutaxassislarining yangi avlodi shakllantirishdan iborat.
Dasturdagi asosi yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
- Aqlli qurilmalarni dasturlash;
- Frontend (HTML, CSS, JS, TS);
- DevOps;
- Tarmoqlar va tizimni boshqarish;
- Kompyuter grafikasi va GameDev (UNITY);
- Operatsion tizimlarni ishlab chiqish;
- Veb dasturlash;
- Backend (C#, Java/Kotlin, Python, Go);
- Mobil ishlanmalar (Kotlin, Swift);
- DT arxitekturasi;
- Kiberxavfsizlik;
- Algoritmlar va maʼlumotlar tuzilmalari;
- Maʼlumotlar bazasi;
- Machine Learning va maʼlumotlarni tahlil qilish (Python).
Quyidagi dasturlash tillari oʻrgatiladi:
- C;
- C++;
- С#;
- Java;
- GO;
- Swift;
- Python;
- SQL;
- JavaScript;
- Kotlin;
- TS.
School 21 oʻqish paytida har bir ishtirokchi majburiy amaliyotdan oʻtadi yaʼni 3 oy davomida oʻz yoʻnalishi boʻyicha ishlaydi. School 21 uchun IT kompaniyadagi amaliyot oʻquv loyihasi hisoblanadi. Ishtirokchi amaliyot uchun kompaniyani oʻzi tanlaydi va uning shartlari borasida kelishib oladi. Agar yordam kerak boʻlsa, School 21 yordam beradi:
- karyera boʻyicha maslahat beradi va rezyumeni baholaydi;
- suhbatga tayyorlaydi;
- ish beruvchilar bilan tadbirlarni tashkil qiladi va hamkor-kompaniyalardan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qiladi.
School 21 ishtirokchilarining 100 foizi amaliyotga chiqadi, va ularning 95 foizi bugungi kunda doimiy ish takliflarini olishgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.