18 yosh va undan yuqori yozuvchilar uchun Islandiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan IWR 2025 dasturi
Ispaniya Ispaniya
01 Noy, 2024 · Muddat tugagan

18 yosh va undan yuqori yozuvchilar uchun Islandiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan IWR 2025 dasturi

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

18 yosh va undan yuqori barcha qobiliyatli yozuvchilar uchun Islandiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan Iceland Writers Retreat Alumni Award tanlovi taqdim etiladi. Dastur 2025-yil 23-apreldan 27-aprelgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Dastur asosan moliyaviy yordamga muhtoj isteʼdodli yozuvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan.

Oʻz salohiyatini sinab koʻrishni istagan qobiliyatli yozuvchilar oʻz arizalarini 2024-yil 2-noyabr soat 04:59 dan kechiktirmasdan topshirishi kerak.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18 yosh va undan yuqori barcha qatnashishi mumkin (2025-yil 23-aprel holatiga koʻra);
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Gʻolib nomzodlar moliyaviy yordamsiz konferensiyada qatnasholmasligini koʻrsatishi kerak;
  • Nomzodlar professional yozuvchi boʻlishi shart emas, biroq oʻz ustida ishlash va qobiliyatini yanada rivojlantirishga qiziqishi lozim;
  • Ishtirokchilar dasturdan oldin va dastur davomida oʻtkaziladigan media suhbatlarda qatnashishga tayyor boʻlishi talab qilinadi.

Asarlar quyidagi yoʻnalishda boʻlishi kerak:

  • Literary fiction;
  • Non-fiction;
  • Memoir.

Quyidagi asosiy 2 ta mezon orqali saralanadi:

  • Kuchli yozuvchilik salohiyati;
  • Dasturda ishtirok etish uchun moliyaviy yordamga muhtojlik.

Eslatma: Hakamlar hayʼatining oila aʼzolari va ilgari dasturda qatnashgan nomzodlar qatnasha olmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur 2 xil usulda moliyalashtiriladi:

  • Toʻliq moliyalashtirish turida bitta ishtirokchining dasturda qatnashish toʻlovi, mehmonxonada 4 kechalik turar joy, borish-qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Qisman moliyalashtirish turida faqat ishtirokchining dasturda qatnashish toʻlovi qoplanadi. Turar joy va borish-qaytish uchun aviachipta xarajatlari nomzodning oʻzi tomonidan toʻlanishi kerak.

Muhim: Toʻliq moliyalashtirish uchun ariza topshirganlar qisman moliyalashtirish turi uchun koʻrib chiqilmaydi. Dastur aeroport transferlari, sayohat va viza xarajatlari, shuningdek, boshqa xarajatlarni moliyalashtirilmaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy profil;
  • Tanlangan moliyalashtirish turi;
  • Yaratiladigan asarlarining tili;
  • Nomzod haqida qisqacha maʼlumot (maksimal 2500 ta belgi);
  • Dasturda qatnashishdan maqsadi (maksimal 1250 ta belgi);
  • Har biri maksimal 1000 ta soʻz/5000 ta belgidan iborat 2 ta yozma ishidan namuna (sheʼrlar bundan mustasno);
  • Moliyaviy yordamga ehtiyojning tavsifi (maksimal 1250 ta belgi);
  • Dasturda ishtirok etish xarajatlarini qoplash uchun boshqa moliyalashtirish manbalariga murojaat qilgan yoki qilmagani haqida maʼlumot (maksimal 250 ta soʻz/1250 ta belgi);
  • Nomzod mukofotni yutgan taqdirda dasturda qatnashishning foydali tomonlari haqidagi tajribasini qanday qilib boshqa yozuvchilarga yetkazishi mumkinligi haqida (maksimal 1250 ta belgi);
  • 2 ta tavsiyanoma (10 MB dan oshmagan holda PDF shaklda).

Muhim: Dasturda juda koʻp sonli arizalar qabul qilinganligi sababli toʻliq boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi! Ariza topshirilgandan keyin unga oʻzgartirish kiritish mumkin emas.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 2-noyabr, 2024-yil (04:59);
  • Natijalar 2024-yil dekabr oyining birinchi haftasida eʼlon qilinadi;
  • Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda;
  • Email: iwr@icelandwritersretreat.com.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ispaniya 18 yosh va undan yuqori yozuvchilar uchun Islandiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan IWR 2025 dasturi
01 Noy, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.