18 yosh va undan yuqoridagilar uchun Germaniyada xarajatlari qisman va toʻliq qoplanadigan 2 oylik amaliyot dasturi — Summer Internship Program
Germaniya Germaniya
14 Dek, 2024 · Muddat tugagan

18 yosh va undan yuqoridagilar uchun Germaniyada xarajatlari qisman va toʻliq qoplanadigan 2 oylik amaliyot dasturi — Summer Internship Program

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Copernicus Berlin e.V. tomonidan 18 yosh va undan yuqoridagilar uchun Germaniyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan 2 oylik amaliyot dasturi — Summer Internship Program LEADERS for FUTURE taqdim etiladi.

Ushbu dasturning maqsadi muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli istak va qatʼiyatga ega shaxslarning jonli tarmogʻini rivojlantirishdir. Copernicus Berlin Campus (CBC) da yashashning noyob tajribasi orqali orqali ishtirokchilar turli madaniyatlarni oʻrganish, oʻzlarining boy bilimlarini almashish va muloqot qobiliyatlarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Kampus shinam, jihozlangan va markazda joylashgan boʻlib, bir va ikki kishilik xonalardan iborat. Yuqori tezlikdagi internet va kir yuvish xizmati mavjud. Bundan tashqari, kampus jamoat transporti bilan ham yaxshi bogʻlangan. Shunday uchun Berlinning istalgan joyiga juda qisqa vaqt ichida etib borish mumkin.

Ushbu dinamik muhitda dastur ishtirokchilari nafaqat shaxsiy maqsadlariga erishibgina qolmay, balki ushbu ulkan tarmoqning umumiy muvaffaqiyatiga hissa qoʻshishlariga mumkin.

Dasturda 6 oygacha qatnashish imkoniyati ham mavjud. Agar nomzod dasturda 2 oydan ortiq qatnashmoqchi boʻlsa, moliyalashtirish turidan qatʼiy nazar, har bir qoʻshimcha oy uchun toʻlov qilishi kerak boʻladi.

Ushbu yozgi amaliyot dasturi yiliga bir marta yozda 1-iyuldan 31-avgustgacha oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Butun dunyo boʻylab 18 yosh va undan yuqoridagilar qatnashishi mumkin;
  • Istalgan kasb egasining arizalari qabul qilinadi;
  • Ingliz yoki nemis tillarini yaxshi bilish talab qilinadi (kamida B1);
  • Nomzod gʻayratli, mustaqil va masʼuliyatli boʻlishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturda 3 xil usulda qatnashish mumkin:

1.Toʻliq moliyalashtirish turi (kuchli raqobat asosida):

  • Har oy 400 yevro choʻntak puli beriladi;
  • Turar joy (5,880 yevro), sugʻurta (100 yevro), ijtimoiy uchrashuvlar, maʼmuriy xarajatlar (650 yevro), kutib olish, madaniy tadbirlar (590 yevro), xalqaro seminarlar, maslahatlar (250 yevro), mentorlik va kurslar uchun xarajatlar qoplanadi.

2.Qisman moliyalashtirish turi (oʻrtacha raqobat asosida):

  • Har oy choʻntak puli beriladi;
  • Sugʻurta, ijtimoiy uchrashuvlar, maʼmuriy xarajatlar, kutib olish, madaniy tadbirlar, xalqaro seminarlar, maslahatlar, mentorlik va kurslar uchun xarajatlar qoplanadi.

3.Oʻz-oʻzini moliyalashtirish turi (kam raqobat asosida):

  • Ishtirokchi barcha xarajatlarni oʻzi toʻliq qoplashi kerak.

Topshirish jarayoni

Ariza topshirish jarayoni uch bosqichdan iborat:

  1. Onlayn ariza topshiriladi.
  2. Saralangan nomzodlarga YouTube orqali muayyan vazifa beriladi.
  3. 2-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Til bilish darajalari (sertifikat soʻralmaydi);
  • Dasturda qatnashib erishmoqchi boʻlgan maqsadlari (maksimal 250 ta belgi);
  • Berlinda amaliyotdan tashqari qilmoqchi boʻlgan rejalari (maksimal 250 ta belgi);
  • Nomzod haqida qoʻshimcha maʼlumot (maksimal 250 ta belgi);
  • Qatnashmoqchi boʻlgan moliyalashtirish turi va amaliyot davomiyligi;
  • CV nomzodning rasmi bilan birgalikda, xronologik tartibda nemis yoki ingliz tillarida yozilishi kerak (maksimal 1 bet).

Muhim: Hujjat topshirishda muntazam tekshirib turiladigan va haqiqiy elektron pochta manzilini taqdim etish shart!

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya 18 yosh va undan yuqoridagilar uchun Germaniyada xarajatlari qisman va toʻliq qoplanadigan 2 oylik amaliyot dasturi — Summer Internship Program
14 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.