Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi loyiha ofisi hamda MBM IT kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh Menejer” dasturi 3-mavsumi uchun nomzodlarni qabul qilish jarayoni boshlandi.
Loyihaning maqsadi — 5 yoʻnalishda xalqaro darajadagi menejerlarni tayyorlash.
Yoʻnalishlar:
- Loyihalar boshqaruvi;
- Moliya;
- IT;
- HR;
- Marketing
Mazkur dastur 2 oyga moʻljallangan boʻlib, 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yosh yetakchilar(liderlar)ni qamrab oladi. Loyihaga oʻzbek, ingliz va rus tillarini yaxshi biluvchi, dunyoqarashi keng 50 nafar talaba-yoshlar saralab olinadi va ular 2 oy davomida nazariy treninglar hamda amaliy topshiriqlar vositasida loyiha menejerlari sifatida shakllantiriladi va loyiha muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar korxonalarga 1 oylik amaliyotga yoʻnaltiriladi.