18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan vodiylik yoshlar uchun 5 kunlik “Boost Camp” biznes oromgohi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Avg, 2022 · Muddat tugagan

18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan vodiylik yoshlar uchun 5 kunlik “Boost Camp” biznes oromgohi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Yoshlar Ishlari Agentligi, Fargʻona viloyati boshqarmasi va Yevropa Ittifoqi dasturi hamkorligida Fargʻona vodiysida yashaydigan, tadbirkorlikni boshlamoqchi yoki oʻz tadbirkorligini rivojlantirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun 5 kunlik “Boost Camp” oromgohi tashkil qilinadi.

Oromgoh shu yilning 22-26-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi kuni 19-avgust. Batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oromgohga 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Fargʻona vodiysida yashovchi yoshlar ariza yuborishlari mumkin;
  • Shuningdek, nomzodlar biznesga qiziqishi, oʻz biznes gʻoyasiga ega va uni rivojlantirish ustida ishlayotgan boʻlishlari maqsadga muvofiq.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar: transport, ovqatlanish, turar-joy hammasi toʻliq moliyalashtiriladi;
  • Oromgoh davomida shaxsiy rivojlanish, biznes loyihalarni tuzish, jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini ham rivojlantirish mumkin;
  • Shuningdek, tajribali biznesmenlardan maslahat olish, netvorking va kechki koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Topshirish jarayoni

Ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar ushbu havola orqali 2022-yil 19-avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tib ariza yuborishlari mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Biznes boshqaruvi

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan vodiylik yoshlar uchun 5 kunlik “Boost Camp” biznes oromgohi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi
19 Avg, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.