Tavsif
Demokratiya sohasiga kuchli qiziqishi boʻlgan, jamiyat hayotida faol va oʻz gʻoyalariga ega 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun Fransiyaning Strasburg shahrida 2022-yil 4-10-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan World Forum for Democracy dasturida qatnashish imkoniyati ьфмогвю
Forumga butun dunyodan demokratiya sohasida faol islohotlar olib borayotgan tajribalari mutaxassislar va yoshlar qatnashishadi. Forumning bu yilgi mavzusi: “Democracy: A new hope?” Dasturga Yoshlar boʻlimi tomonidan bu yil uchun 50-60 ta yoshlar tanlab olinishi reja qilingan.
Forum ikki qismga boʻlingan holda o'tkazilishi reja qilingan:
- Dastlab nomzodlar 4-noyabr kuni Strasburg shahriga yetib kelgach 5-6-noyabr kunlari forumga tayyorgarlik koʻrishadi;
- Undan keyin 7-9-noyabr kunlari forumning asosiy qismi boʻlib oʻtadi va forum tugaganidan soʻng 10-noyabr kuni ishtirokchilar oʻz davlatlariga qaytishlari mumkin.
Dastur haqida batafsil rasmiy broshyurada o'qish mumkin.