Tavsif
Koreya atrof-muhitni himoya qilish vazirligi va Jeju provinsiyasi tomonidan 2022-yil 13-15-oktyabr kuni Jeju orollarida boʻlib oʻtuvchi IUCN Liderlar Forumiga tashkillashtiriladi. Forumda barcha tabiat muhofazasiga qiziquvchi va shu sohada amaliy loyihalar olib borayotgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Forumning bu yilgi mavzusi: “Building nature-positive economies and societies” (Tabiat, atrof-muhitga ijobiy taʼsir etuvchi iqtisodiyot va jamiyat barpo etish).
Forum davomida:
- Ishtirokchilar yuqori darajadagi suhbatlarda qatnashish, netvorking qilish, norasmiy biznes uchrashuvlarda ishtirok etish, turli sohalardagi rahbarlar va jamiyatlarida ijobiy oʻzgarishlar olib borayotgan yetakchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
- Forum spikerlarining barchasi ekologiya sohasida katta tajribaga ega mutaxassislardan tashkil topgan va bu orqali ishtirokchilar ulardan maslahatlar olishlari mumkin;
- Shuningdek ishtirokchilar oʻz loyihalarini taqdimot qilish orqali investor jalb qilishi va oʻzaro hamkorlik oʻrnatishlari mumkin.
Forum xarajatlari dastur tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.