Tavsif
Microsoft Cloud & Data Scholarship — Udacity va Microsoft tomonidan 2 ta trekdan iborat boʻlgan kursda bepul ishtirok etish imkoniyati.
Dasturda 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin. Kurs toʻliq ingliz tilida va onlayn boʻladi.
Umumiy hisobda 150 nafar ishtirokchiga toʻliq grant beriladi, yaʼni $165 qiymatidagi kurs yakunida taqdim etiladigan sertifikat bepul beriladi. Ishtirokchilar orasidan faqat 50 nafari Nanodegree dasturiga tanlab olinadi. Ularga sohani yanada chuqurroq oʻrganish uchun networking va mentoring sessiyalarida qatnashish imkoniyati beriladi.
Grant dasturining asosiy maqsadi Microsoft Azure AI muhandislik koʻnikmalariga ega boʻlgan mutaxassislar sonini koʻpaytirish va ularni Microsoft sertifikatsiyasidan oʻtishga tayyorlash. Eng muhimi, tashkilotchilar Microsoft koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxslarning xilma-xilligini kengaytirishga harakat qilmoqdalar, ayniqsa ayollar va qora tanlilar yoki ispaniyaliklarning ishtiroki ragʻbatlantiriladi.
Ushbu dastur uchun 2ta alohida trek bor: yangi oʻrganuvchilar uchun boshlangʻich trek va yanada ilgʻor amaliyotchilar uchun trek. Shu sababli, dasturga barcha darajadagi ishtirokchilar ariza berishga daʼvat etiladi.
- Boshlangʻich trek: Microsoft Power BI yordamida maʼlumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish.
- Amaliyotchi treki: Microsoft Azure bilan AI muhandisi.
Grant uchun tanlab olingan nomzodlarga 2022-yil 22-aprelda email orqali xabar beriladi. Dastur 2022-yil 26-aprel sanasidan boshlanadi.
Ushbu havola orqali grant dasturiga oid batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.