Tavsif
Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi (ICYF) Turkiya Respublikasi Yoshlar va Sport vazirligi bilan hamkorlikda yosh volontyorlar uchun Xalqaro Yosh Volontyorlar Lagerini tashkil etadi.
Lager Turkiyaning Antaliya shahrida ayol-qizlar va yigitlar uchun alohida tashkil etiladi:
- 19-23-oktyabr - yigitlar;
- 26-30-oktyabr — ayollar va qizlar uchun.
Dunyo boʻylab turli yoshdagi va madaniyatlarga mansub koʻplab insonlar:
- qashshoqlikni bartaraf etish;
- sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlarini yaxshilash;
- Insonlarni xavfsiz suv manbalari va sogʻlom sharoitlar bilan taʼminlash;
- Atrof-muhit muammolari va iqlim oʻzgarishi bilan kurashish;
- Ofatlar xavfini kamaytirish maqsadida volontyorlik ishlarida ishtirok etadilar.
Joriy yilda lager IHT geografiyasidagi mavjud gumanitar inqirozlar haqida xabardorlikni oshirish va yosh volontyorlarga nazariy, amaliy va simulyativ mashgʻulotlar va seminarlar doirasida ushbu inqirozlarni hal qilish hamda tiklanish jarayonlarida faol ishtirok etish imkoniyatini berishdan iborat.
Lager va uning maqsadlari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.