18 yoshdan oshgan barcha uchun Italiyada 3 kunlik forum — Global Youth Convention 2025. Barcha xarajatlar qoplanadi!
Italiya Italiya
20 Sen, 2025 · Muddat tugagan

18 yoshdan oshgan barcha uchun Italiyada 3 kunlik forum — Global Youth Convention 2025. Barcha xarajatlar qoplanadi!

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (Sustainable Development Goal; SDG) boʻyicha Jahon yoshlar konvensiyasi 18 yoshdan oshgan barcha millat vakillari: talabalar, izlanuvchilar, olimlar, mutaxassislarni Italiyada oʻtkaziladigan yillik forumga taklif qiladi.

Tadbirda iqlim oʻzgarishi, taʼlimning ahamiyati va yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy tadbirkor sifatida shakllantirish kabi mavzularda maʼruzalar, interaktiv seminarlar, panel muhokamalari va turli tadbirlari tashkil etiladi.

Ishtirokchilar soʻnggi tendensiyalar va strategiyalar haqida tushunchaga ega boʻladilar, yangi koʻnikmalarni oʻrganadilar va jamiyatda ijobiy oʻzgarishlar qilish boʻyicha ragʻbat oladilar. Shuningdek, muvaffaqiyatli maʼruzachilarning loyihalari tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi.

Tadbirning asosiy mavzulari:

  • Iqlim oʻzgarishiga moslashish strategiyalari
  • Taʼlimning ahamiyati
  • Adolatli rivojlanish
  • Yoshlar yetakchiligidagi ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish
  • Barqaror rivojlanish maqsadlari

Tadbirda 4 xil koʻrinishda qatnashish mumkin:

  • Toʻliq moliyalashtirilgan holda (50 ta grant ajratilgan);
  • Oʻz hisobidan ($499 evaziga);
  • Invitation Letter kategoriyasi ($99);
  • Convention Access kategoriyasi ($249).

Tadbir kunlari: 18-21 dekabr, 2025 (Italiya, Milan)

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Taʼlim darajasi, irqi va millatidan qatʼi nazar, 18 yoshdan oshgan shaxslar ariza topshirishlari mumkin;
  • IELTS va TOELF kabi til bilish sertifikatlari talab etilamydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Toʻliq grant (50 nafar):

  • Italiyaga borish-kelish, turarjoy, dasturda ishtirok etish, ovqatlanish kabi barcha xarajatlar qoplanadi;
  • Global miqyosda doʻstlar orttirish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash;
  • Sertifikat.

Qisman grant (100 nafar):

  • Borish-kelish xarajatlaridan tashqari qolgan barcha xarajatlar qoplanadi. 

Topshirish jarayoni

4 xil koʻrinishda ariza berish mumkin:

Nomzodlar arizasini topshirgandan soʻng, tashkilot komissiyasi arizaning mazmuniga koʻra nomzodlarni saralaydi. Potensial nomzodlar bilan tez orada elektron pochta orqali aloqaga chiqiladi.

Natijalar 2025-yil 10-oktyabrda eʼlon qilinadi.

Eslatma: Toʻliq moliyalashtirish kategoriyasi boʻyicha ariza topshirish uchun $16.50 miqdorda badal puli toʻlash lozim. Badal puli qaytarilmaydi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya 18 yoshdan oshgan barcha uchun Italiyada 3 kunlik forum — Global Youth Convention 2025. Barcha xarajatlar qoplanadi!
20 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.