Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar oʻrtasida Respublika koʻrik-tanlovi eʼlon qilinadi.
Mazkur tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”;
- “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq”;
- “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi sheʼr”.
Tanlov 2 bosqichdan iborat:
- 1-hududiy bosqich joriy yilning 30-avgustiga qadar hudud, vazirlik va idoralar kesimida oʻtkaziladi;
- 2-Respublika bosqichi 2024-yilning 15-sentyabriga qadar boʻlib oʻtadi.
Tanlovdan asosiy maqsad yoshlarda vatanparvarlik ruhini uygʻotadigan ajoyib ijodiy ishlar yaratadigan yoshlarni kashf qilish hamda ularga oʻz iqtidorini keng ommaga namoyish qilishi uchun ragʻbatlantirishdan iborat.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.