Tavsif
Canon kompaniyasi oʻzining Canon Student Development dasturini eʼlon qiladi.
Ushbu dasturda 18 yoshdan katta boʻlgan, 2023-2024 oʻquv yilida taʼlim dasturini boshlagan yoki tamomlagan hamda agentlik/jurnallarda amaliyot oʻtayotgan shaxslar qatnashishi mumkin.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar oʻzlarining maksimal 20 ta fotosuratdan iborat boʻlgan portfoliolarini hamda ushbu portfolio tavsifnomasini topshirishlari lozim. Surʼatlar hikoyaviy yoʻnalishda boʻlishi kerak.
Tadqiqot ishi uch modulda olib borilib, birinchi modulda 100 nafar ishtirokchi saralab olinadi va 3 ta seminarda bepul qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Seminarlar onlayn olib boriladi. Ikkinchi modulda 25 nafar ishtirokchilar saralab olinadi va Fransiyaning Perpignan shahrida boʻlib oʻtadigan 5 kunlik seminarida qatnashadi. Uchinchi modulda 3 nafar nomzod saralab olinadi va 2000 yevro pul mukofoti hamda Canon mahsuloti bilan taqdirlanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.