Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Vazirlik qoshidagi Yashnobod Innovatsion texnoparki Biznes Inkubator — Innovatsion gʻoyalarni biznes modelga aylantirishda gʻoya egalarini qoʻllab quvvatlash uchun 3 oylik oʻquv-amaliy dasturini eʼlon qiladi.
Dasturdan maqsad yoshlar, boshlovchi tadbirkorlar, ixtirochi olimlarga ularning gʻoyalarini ishlovchi biznes-modelga aylantirish, biznes boshqaruvda koʻmak berish, tadbirkorlar, olimlar va tashabbuskor yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirish.
Dasturda mashgʻulotlar amaliy tajribaga ega boʻlgan tadbirkorlar va biznes konsultantlar tomonidan olib boriladi.
Dastur kimlar uchun?
- Tashabbuskor yoshlar;
- Ixtirochi olimlar;
- Ilmiy xodimlar;
- Talabalar;
- Boshlovchi tadbirkorlar.
Taʼlim shakli
Dastur ishtirokchilari uch oy davomida turli mavzular boʻyicha koʻzga koʻringan mutaxassislardan amaliy darslar olib boradilar. Undan tashqari, har bir ishtirokchi jamoaga biznes-ustoz (trener)lar biriktiriladi. Ishtirokchilar biznes-ustozlari koʻmagida oʻz loyihalarini hayotga tatbiq qilishga tayyorlab boradilar.
Kutilgan natijalar:
-oʻz gʻoyasini biznes shaklida koʻrishni oʻrganadi;
-oʻz gʻoyasini investor(lar)ga taqdim qilishni oʻrganadi;
-biznes boshqaruvni oʻrganadi;
-bozor (mijozlar va raqobat); bilan muloqot qilishni oʻrganadi;
-mustaqil tadbirkorlar koʻpayishi;
-hayot tarzini yaxshilovchi; gʻoyalar qogʻozlardan amalga koʻchishi;
-yangi ish oʻrinlari ochilishi.
Dastur finaliga yetib borgan ishtirokchilar oʻzlarining biznes loyihalarini investorlarga taqdim qilishlari hamda Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan startap loyihalar tanlovida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritadilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Ariza topshirishning soʻngi muddati 2022-yil, 30-may 23:59.