18 yoshdan kattalar uchun Maltada umumiy ingliz tilini yaxshilash hamda IELTSga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi
Yevropa Yevropa
30 Avg, 2025 · Muddat tugagan

18 yoshdan kattalar uchun Maltada umumiy ingliz tilini yaxshilash hamda IELTSga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi

To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Yevropaning Malta davlatida joylashgan Maltalingua Ltd. maktabi dunyo boʻylab 18 yoshdan yuqori boʻlganlar uchun bepul ingliz tilini oʻrganish hamda IELTS imtihoniga tayyorlov kurslarini taqdim etadi.

Dastur 4 hafta davom etadi. Dasturning vaqti gʻolib ishtirokchi bilan kelishiladi.

Ushbu dastur doirasida nomzodlar ingliz tilini bepul oʻrganishlari va bepul qoʻllanmalarga ega boʻlishlari mumkin. Nomzodlar turar-joy bilan taʼminlanadi. Oziq-ovqat va xalqaro yoʻl xarajatlari ishtirokchi tomonidan qoplanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan fuqarolar qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar 18 yosh va undan yuqori boʻlishlari lozim;
  • Har bir ishtirokchi bir marta ariza berishi lozim;
  • Maltalingua Ltd. maktabining ishchilari yoki ularning oila aʼzolari dasturda qatnasha olmaydi;
  • Grant dasturida ishtirok etish orqali ishtirokchi Maltalingua Ltd. talab qilishi mumkin boʻlgan reklama faoliyati va materiallarda ishtirok etishga rozi boʻladi;
  • Grant boshqa shaxsga oʻtkazilmaydi;
  • Grant va uning birorta qismi pul yoki boshqa mukofotga almashtirilmaydi;
  • Ishtirokchi Maltalingua Ltd tomonidan belgilangan vaqt oraligʻida grantdan foydalanish sanalarini tanlashi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bepul umumiy ingliz tili hamda IELTSga tayyorgarlik darslari olib boriladi;
  • Barcha kurs oʻquv materiallari va daraja testlari bepul beriladi;
  • Dastur yakunida nomzodga sertifikat taqdim etiladi;
  • Turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Aeroportdan maktabgacha olib ketib, keyin keltirib qoʻyish xarajatlari qoplanadi;
  • Nomzod toʻliq dam olish dasturiga kirishi mumkin;
  • Mahalliy doʻkonlar va restoranlar uchun talabalar chegirma kartasi beriladi;
  • Ishtirokchi maktab suzish havzasidan foydalanishi mumkin;
  • Nomzod dushanba kuni Malta taomlari bilan mazali kechlik qilishi mumkin;
  • Bepul SIM karta taqdim etiladi;
  • Yotoqxonada konditsioneridan bepul foydalanish mumkin;
  • Netflix, DVD va oʻqish kitoblaridan bepul foydalanish huquqi beriladi.

Yuqoridagi ushbu imtiyozlarning barchasining umumiy qiymati €2000 ga teng. 

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali berilgan ariza namunasini toʻldirishlari lozim.

Ariza namunasida ishtirokchining toʻliq ism-familiyasi, telefon raqami (mamlakat kodi bilan), e-mail pochtasi koʻrsatilishi, hamda “Why do you want to improve your English?” savoliga javob berilishi lozim.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati: 2025-yil, 31-avgust.

Qo'shimcha ma'lumot

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin. 

Manzil: Maltalingua School of English - 2 Birkirkara Hill, St. Julians, Malta

Tel: (+356) 2742 7570 www.maltalingua.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Yevropa 18 yoshdan kattalar uchun Maltada umumiy ingliz tilini yaxshilash hamda IELTSga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi
30 Avg, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.