Tavsif
AQShning nufuzli Duke universiteti butun dunyo boʻylab iqlimga eʼtiborli yosh yetakchilar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik Youth Interfaith Leaders Fellowship amaliyot dasturini taqdim etadi. Dastur uchun 25 nafar iqtidorli yoshlar saralab olinishi rejalashtirilgan.
Amaliyot davomida taniqli mutaxassislar tomonidan dinshunoslik, iqlim oʻzgarishi, madaniyatlararo va dinlararo munosabatlar, ommaviy axborot vositalari va jamoat ishlari boʻyicha bilim beriladi.
Dastur 2025-yil 24-maydan 30-maygacha AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Duke universitetida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.