Tavsif
Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstrasiyasi qoshidagi ommaviy Axborot kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tanlov eʼlon qiladi.
Dasturda barcha ishtirok etishi mumkin. Ijodiy ishlar 21-iyundan 29-iyun kunduzgi 12:00 gacha qabul qilinadi!
Tanlovning gʻoliblari tashkilotchilar va homiylar mablagʻlari asosida tegishli tartibda ragʻbatlantiriladi hamda eʼtirof etilgan videoroliklar respublika va mahalliy telekanallar orqali belgilangan grafiklar asosida efirga uzatib boriladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.