Tavsif
Dunyoning nufuzli mukofotlaridan biri Energy Globe Awards 2024-yil o‘tkaziladigan tanlov uchun arizalar qabul qilib boshlaganini e'lon qiladi. Tanlovga resurslarni tejash, havo va suv sifatini yaxshilash, energiyadan samarali foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha loyihalarni taqdim qilish orqali ishtirok etish mumkin.
Dastur maqsadi muvaffaqiyatli barqaror loyihalarni global auditoriyaga taqdim etish va ko‘pgina ekologik muammolar uchun amalga oshirish mumkin bo‘lgan yechimlar allaqachon mavjud ekanligini ko‘rsatishdir.
Xalqaro mukofotlar “Yer”, “Suv”, “Olov”, “Havo”, “Yoshlar” va “Doimiy loyihalar” nominatsiyalari uchun taqdim etiladi. Ushbu nominatsiyalar haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. Tanlov g‘oliblari €2000 dan pul mukofotiga ega bo‘lishlari mumkin.
Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.