Tavsif
Har yili, Germaniya Federal Taʼlim va Tadqiqot vazirligi (BMBF) barqaror rivojlanish sohasida innovatsion barqaror gʻoyalarning xalqaro almashinuvini ragʻbatlantirish maqsadida nufuzli Green Talents – International Forum for High Potentials in Sustainable Development forumiga mezbonlik qilib keladi.
Green Talents mukofoti Germaniya Federal Taʼlim va Tadqiqot vaziri homiyligida koʻplab mamlakatlardan, turli ilmiy sohalardan boʻlgan yosh tadqiqotchilarni oʻz mamlakatlari va jamiyatlarining yanada barqarorligini taʼminlash yoʻlidagi yutuqlari va saʼy-harakatlari uchun taqdirlaydi. Nemis ekspertlaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan tanlangan mukofot gʻoliblariga mamlakatning ilgʻor tadqiqot muhitiga kirish huquqi beriladi.
Oʻzining barqaror kelajak uchun ishlab chiqayotgan innovatsion gʻoyalari orqali BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishga hissa qoʻshmoqchi boʻlgan barcha yosh tadqiqotchilar tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Mukofot uchun jami 25 nafar yosh tadqiqotchilar tanlab olinadi. Gʻoliblarga barqaror rivojlanish hududi boʻlgan Germaniyaning ilgʻor tadqiqot muhitiga kirish, xalqaro darajadagi soha mutaxassislari bilan fikr almashish, bepul amaliy tadqiqot olib borish imkoniyati beriladi.
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) bu yilgi tanlov uchun asos boʻlib xizmat qiladi va ariza beruvchilar tadqiqoti qaysi BRMlarga hissa qoʻshayotganini koʻrsatishlari kerak. Tadqiqotchilar barqaror rivojlanish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday soha vakili boʻlishi mumkin.
Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.