Tavsif
Bryussel qisqa metrajli filmlar festivali (Brussels Short Film Festival) — kino ixlosmandlari, tomoshabinlar, professionallar ijodkorlar uchun moʻljallangan koʻrgazma. Tanlovning asosiy maqsadi — qisqa metrajli filmlarni targʻib qilish va tarqatish, shuningdek, tomoshabinlar, yosh rejissyorlar va professionallar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga xizmat qilish.
Tanlov 2025-yil 23-apreldan 3-maygacha Belgiya poytaxti Bryussel shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlov gʻoliblari 3,500 yevrodan 1,500 yevrogacha boʻlgan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Yosh havaskor rejissyorlar ushbu tanlovning “Next Generation” tanloviga ariza topshirishlari mumkin.
Festival doirasida 3 ta tanlov tashkil qilinadi:
- National Competition (Milliy musobaqa);
- International Competition (Xalqaro tanlov);
- “Next Generation Competition” (talabalar filmlariga bagʻishlangan).
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.