Tavsif
Ruminiya hukumati bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi e'lon qiladi. Dasturga tibbiyot, stomatologiya, farmatsevtika sohalaridan tashqari barcha yoʻnalishlarga ariza topshirish mumkin.
Dastur barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bakalavr, magistratura bosqichini davom ettirish uchun Ruminiya tilini bilish talab etiladi chunki darslar shu davlat tilida olib boriladi.
Agar nomzodlar Ruminiya tilini bilmasalar, 1 yil davomida til kursida oʻqishlari kerak, kurs ham hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Doktorantura bosqichini esa ingliz tilida davom ettirish mumkin. Bakalavrda o'qish davomiyligi 3-6 yil, magistraturada 1 - 1.5 - 2 yil, doktaranturada 3-5 yil.
Dasturga ariza topshirayotganlar Ruminiya tili va madaniyatiga qiziqishlari afzallik hisoblanadi.
Eslatma: Dastur qoidalari va talablari haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.