Tavsif
Fransiya, Parijda oʻtkaziladigan 2024-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun butun dunyodan volontyorlar qabul qilinmoqda. Volontyorlik dasturiga 2023-yil 3-mayga qadar onlayn ravishda ariza berilishi lozim.
Volontyorlar 18 yoshdan katta boʻlishi, fransuz va/yoki ingliz tillarida muloqot qila olishi va belgilangan vaqt davomida tadbirda ishtirok eta olishi lozim.
Qabul qilingan volontyorlar 2024-yil 2-choragidan boshlab, onlayn trening dasturlarida va keyinchalik amaliy tayyorgarliklarda ishtirok etadi.
Volontyorlar arizada bergan maʼlumotlariga qarab turli rol va lavozimlarga tayinlanadi.
Tadbir nizomi orqali volontyorlik lavozimlari, rollari va vazifalari haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.