Tavsif
Climate Science tashkiloti dunyo boʻylab iqlim fanlariga qiziquvchi barcha yoshlar uchun Climate Science Olympiad 2024 tanlovini taqdim etadi. Ushbu olimpiadada 25 yoshgacha boʻlgan barcha yakka tartibda yoki 2 kishidan iborat jamoa tarzida ishtirok etishi mumkin.
Olimpiada 3 xil yosh kategoriyasida oʻtkaziladi:
- 16 yoshgacha boʻlganlar;
- 17-19 yoshdagilar;
- 20-25 yoshdagilar.
Lekin yoshidan qatʼi nazar barcha ishtirokchilar bir xil saralash bosqichida raqobatlashadilar.
Olimpiada onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Qatnashchilar 12 tildan birini (ingliz, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, rus, italyan, nemis, polyak, golland, rumin tili) tanlab qatnashishi mumkin.
Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi – $15,000. Eng yaxshi jamoalar BMTning Iqlim boʻyicha Bakuda oʻtkaziladigan 2024-yilgi sammitida tоʼliq mоliyalashtirilgan hоlda qatnashadilar!