25 yoshgacha boʻlgan yosh ixtirochilar uchun “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” shiori ostida innovatsion gʻoyalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Iyl, 2023 · Muddat tugagan

25 yoshgacha boʻlgan yosh ixtirochilar uchun “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” shiori ostida innovatsion gʻoyalar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli oʻquvchi-yoshlarga bagʻishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan koʻplab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga koʻra, har yili dunyo boʻylab 500 mingdan ortiq bolalar va oʻsmirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, oʻyinlar, robotlar yaratilar ekan. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi isteʼdodli yoshlarni kashf qilish va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirishdir.

Gʻoliblar 2023-yil 1-avgust kuni soat 17:00 da “INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun: Ishtirokchilar oʻz turmush tarzidan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni oʻylab topib, ularni qogʻozda aks ettirishi lozim. Masalan, 2021-yili shu nom ostida oʻtkazilgan tanlovda 6 yoshli Neʼmatova Muslimaxon oʻz loyihasi bilan qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi. Loyihaning nomi “Aqlli papka” boʻlib, u dars jadvali boʻyicha kitoblar roʻyxatini koʻrsatadi hamda qaysi kitob yoʻq boʻlsa, turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar oʻz turmush tarzidan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni oʻylab topishi lozim;
  • Oʻz ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.  

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 1-,2-,3-oʻrin sohibi va sohibalariga maxsus diplom va sovgʻalar topshiriladi;
  • Tanlov gʻoliblari haqida”INNOVATOR” jurnalida maqola ham tayyorlanadi;
  • Tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovgʻalari topshirilishi koʻzda tutilgan.

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashishni istaganlar videorolik (surat)larni 2023-yil 30-iyundan 1-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborish mumkin.

Muhim: Innovatsion gʻoyalarni surat yoki video koʻrinishida joʻnatish kerak. Videorolik (surat)da nomzodning ism-sharifi, yoshi va manzili toʻliq koʻrsatilishi kerak. 

Qo'shimcha ma'lumot

  • Tel: +998880075592;
  • Email: info@indep.uz
  • Oxirgi muddat: 1-avgust, 2023-yil.

Tanlov haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 7, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 25 yoshgacha boʻlgan yosh ixtirochilar uchun “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” shiori ostida innovatsion gʻoyalar tanlovi
31 Iyl, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.