Tavsif
Jakartadagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi(SXTM) bakalavriat/magistratura talabalari va yangi bitiruvchilari uchun amaliyot dasturlariga qabul qilmoqda.
SXTM mustaqil, notijorat tashkilot boʻlib, mamlakatlardagi ichki va xalqaro muammolar boʻyicha siyosatga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarga eʼtibor qaratadi.
Dasturda aynan bir hujjat topshirish muddati yoʻq, lekin dasturda uch mavsum mavjud boʻlib, shu mavsum boshlanishidan kamida bir oy oldin ariza topshirish lozim.
Tashkilotning amaliyot dasturlari quyidagicha:
- Ilmiy tadqiqotlar boʻyicha amaliyot dasturi;
- Axborotlarni boshqarish boʻyicha amaliyot dasturi.
Dastur talabalarga Indoneziya bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ishlash va tadqiqot oʻtkazish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan. Amaliyot muddati 10-16 haftani tashkil etadi. Dastur Indoneziyaning Jakarta shahrida tashkil etiladi, va masofaviy ishtirok etish imkoniyati ham mavjud.
Dastur haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.