Tavsif
Juru — Markaziy Osiyo va Kavkazga yoʻnaltirilgan yetakchi mustaqil energiya va barqarorlik boʻyicha konsalting kompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniya quyidagi lavozimlardan birida tajriba orttirish istagida boʻlgan 3-4-kurs talabalari/bitiruvchilar uchun 3 oylik haq toʻlanuvchi amaliyot dasturiga tanlov eʼlon qilgan:
- Biologik xilma-xillik;
- Atrof-muhit;
- Energiya samaradorligi;
- Tahlilchi/Iqtisodchi;
- Elektrotexnika (OHT);
- Elektrotexnika (Birlamchi);
- Elektrotexnika (Ikkinchi darajali);
- Qurilish muhandisligi (OHT);
- Qurilish muhandisligi (Tuzilma);
- Suv ta'minoti/Oqava suv/Drenaj (WSS);
- HVAC muhandisligi;
- FA/FD muhandisligi;
- Loyihalarni muvofiqlashtirish;
- Biznesni rivojlantirish;
- HR;
- IT;
- Marketing yordamchisi.
Kompaniya shtab-kvartirasi Londonda (Buyuk Britaniya) joylashgan boʻlib, yirik operatsion ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniya davlat va xususiy tashkilotlar uchun energiya, infratuzilma, binolar va atrof-muhit sohasida kompleks yechimlarni taqdim etish uchun mutaxassislar, tahlilchilar, muhandislar va dizaynerlarning dinamik jamoasini birlashtiradi. Kompaniya haqida batafsil maʼlumot olish uchun: rasmiy sayt.
Amaliyot dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy eʼlon orqali tanishib chiqish mumkin.