30-iyul “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Iyl, 2023 · Muddat tugagan

30-iyul “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qator tashkilotlar bilan birgalikda “Doʻstlik” videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
30-iyul – “Xalqlar doʻstligi kuni” doirasida “Doʻstlik festivali”ga bagʻishlangan mazkur tanlov Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va hamjihatlik, tinchlik va totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniyat markazlari, doʻstlik jamiyatlari faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy, gumanitar va doʻstlik aloqalarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarda turli millatlar tili, madaniyati, anʼana va urf-odatlariga hurmat hissini yuksaltirish kabi ezgu gʻoyalarni aks ettiradi. Tanlovning har bir nominatsiyasi boʻyicha 3 oʻrin uchun jami 60,000,000 million va qoʻshimcha 5 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrinning har biriga 10 000 000 soʻmdan mukofot puli ajratiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. “Doʻstlikni tarannum etgan eng yaxshi rolik”.
2. “Millatlararo totuvlik aks ettirilgan eng yaxshi koʻrsatuv, reportaj, film”. 

Videoroliklar 2023-yilning 20-iyul kuniga qadar Qoʻmita Matbuot xizmatiga yuborilishi lozim.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun joʻnatilgan videolar quyidagi gʻoyalarni aks ettirishi lozim:

  • Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va hamjihatlik, tinchlik va totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar;
  • Milliy madaniyat markazlari;
  • Doʻstlik jamiyatlari faoliyati;
  • Xorijiy mamlakatlar bilan madaniy, gumanitar va doʻstlik aloqalarini rivojlantirish;
  • Aholi, ayniqsa, yoshlarda turli millatlar tili, madaniyati, anʼana va urf-odatlariga hurmat hissini yuksaltirish. 

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Har bir nominatsiya boʻyicha tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin sohiblariga 25 000 000 soʻm mukofot puli ajratiladi;
  • 2-oʻrin sohiblariga 20 000 000 soʻm mukofot puli ajratiladi;
  • 3-oʻrin sohiblariga 15 000 000 soʻm mukofot puli ajratiladi;
  • Tanlov doirasida 5 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin ham mavjud boʻlib, ularning har biriga 10 000 000 soʻmdan mukofot puli ajratiladi;
  • “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi gʻoliblari “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan 2023-yil 29-iyul kuni oʻtkaziladigan “Doʻstlik festivali” bayram tadbirida taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

Videoroliklar 2023-yilning 20 iyul kuniga qadar Qoʻmita Matbuot xizmati quyidagi Telegram raqamiga yuborilishi lozim:

  • +998 98 3046108. 

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. “Doʻstlikni tarannum etgan eng yaxshi rolik”.
2. “Millatlararo totuvlik aks ettirilgan eng yaxshi koʻrsatuv, reportaj, film”. 

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov haqidagi videorolikni ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin. 

Maʼlumot uchun:

Manzil: 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Bobur koʻchasi, 45-uy;

E-mail: info@icc.uz;

Tel: +99871 253 57 69;

Fax: +99871 253 57 69. 

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham topish mumkin:

-facebook;

-you tube;

-telegram;

-instagram;

-dastur veb sahifasi. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 30-iyul “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi
19 Iyl, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.